Oziq-ovqat uskunalarining eng dolzarb muammolari

Har qanday biznes kamdan-kam muammosiz kechadi, oziq-ovqat sanoatidagi uskunalar bilan bogʻliq texnik xarakterdagi muammolar esa ancha tez-tez uchraydi. Bu sohada ishlab chiqarish jarayoni deyarli kecha-kunduz davom etishini hisobga olsak, buzilishlar tufayli toʻxtab qolishlar foydaning sezilarli darajada yoʻqotilishiga olib keladi va korxona obroʻsini tushiradi.
Uskunalar asosan quyidagi sabablarga koʻra buziladi:
- Uskunaning dastlabdan sifatsizligi;
- Sifatsiz ehtiyot qismlar;
- Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning malakasi pastligi.
Xodimlarni malakasini oshirib, uskunadan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish mumkin, uskuna yetkazib beruvchini tanlashga esa juda puxta yondashish, sizga nima taklif qilinayotganini diqqat bilan tekshirish kerak.
Sotib olingan uskunadagi muammolar odatda materiallar va butlovchi qismlarning notoʻgʻri tanlanganidan yoki ularning sifati pastligidan kelib chiqadi. Masalan, past sifatli poʻlat yomon tozalanadi va tez zanglay boshlaydi.
Oziq-ovqat uskunalari uchun maxsus zanglamaydigan poʻlat ishlatiladi, chunki u mexanik va kimyoviy taʼsirlarga chidamli, shuningdek, unda patogen mikrofloraning koʻpayish xavfi past. Sifatli zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan uskuna juda uzoq xizmat qiladi, bu esa pirovardida uning egasi daromadiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Sifatli oziq-ovqat uskunasi quyidagi tamoyillar asosida yigʻilishi kerak:
- Barcha sirtlar sifatli ishlov berilgan, gʻovaksiz va gʻadir-budirsiz boʻlishi kerak.
- Barcha sirtlar va detallarga ishlov berish va dezinfeksiya qilish uchun oson kirish imkoni boʻlishi kerak.
- Uskunaning ishlab chiqaruvchidan kafolati va texnik hujjatlari boʻlishi kerak.
Odatda uskunaning ishdan chiqish muammosi iloji boricha koʻproq tejashni istagan egalarda uchraydi. Biroq sifatli materiallar va butlovchi qismlar arzon boʻlishi mumkin emas.
Korxonamiz uskunalarni faqat sifatli materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlaydi. Sizga kerakli oʻlcham va xususiyatlardagi sutni qayta ishlash uskunalarini taklif qilishdan doimo mamnunmiz.
