Gomogenizatsiya

Gomogenizator — bir jinsli (gomogen), fizik jihatdan barqaror aralashma hosil qilish uchun qoʻllaniladigan qurilma. Gomogenizatsiya jarayonida yogʻ sharchalari belgilangan mikron darajasigacha maydalanadi.
Gomogenizatsiyaning sut mahsulotlariga taʼsiri. Gomogenizatsiya sifatliroq sut mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi va quyidagilarga yordam beradi:
-pasterizatsiya qilingan sut va qaymoq bir jinsli boʻladi
smetana, kefir, yogurtlarning mustahkamligi oshadi
sut va qaymoqni sterilizatsiya qilishda saqlash muddati uzayadi
quyultirilgan sutda uzoq saqlash davomida yogʻ fazasining ajralib chiqishining oldi olinadi
Sut sohasida eng ommabop gomogenizatorlarda sut mashinaning gomogenizatsiyalovchi kallagidagi halqasimon klapan tirqishi orqali bosim ostida oʻtkaziladi. Mahsulotning yogʻliligiga qarab bir bosqichli va ikki bosqichli gomogenizatsiyalovchi kallaklar qoʻllaniladi. Masalan, muzqaymoq va qaymoq uchun ikki bosqichlisi mos keladi. Samaradorlik haroratga ham bogʻliq: harorat pasayganda sut yogʻi toʻplanib qoladi, koʻtarilganda esa oqsil choʻkmalari paydo boʻladi.
Ushbu uskuna faqat sifatli va talabgir mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
